Barcha yangiliklar
M.Eshtemirov mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
Gallery image 160792
Gallery image 160793
Gallery image 160794
Gallery image 160795
Gallery image 160796
Gallery image 160797
MURODOV TURSUNBEK SHOGELDI O‘G‘LI
09 Iyun 2026
16:17

M.Eshtemirov mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi

M.Eshtemirov mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi kotibiyati mudiri Sh.Boyqulov hamda Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashining 8-Tajribakor saylov okrugi deputati A.Avliyakulov ishtirokida M.Eshtemirov mahallasida amaliy o‘rganish ishlari tashkil etildi.

O‘rganish davomida mahalla yettiligi tomonidan hududda olib borilayotgan ishlar, aholi murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, ijtimoiy muammolarni aniqlash va bartaraf etish borasidagi faoliyat hamda davlat organlari bilan hamkorlik masalalari atroflicha tahlil qilindi.

Shuningdek, mahallada amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi baholanib, mavjud muammolarni hal etish va aholi farovonligini yanada oshirishga qaratilgan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi. O‘rganishlar mahalla tizimi faoliyatini takomillashtirish hamda aholi bilan ishlash samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.