Barcha yangiliklar
Denov tumanida xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi  hamda tuman, shahar Kengashlari faoliyati samaradorligini oshirish va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish masalalari muhokama qilindi
Gallery image 160755
Gallery image 160756
Gallery image 160757
Gallery image 160758
Gallery image 160759
RAZIQOV ILXOM MAMASAITOVICH
13 Iyun 2026
15:45

Denov tumanida xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi hamda tuman, shahar Kengashlari faoliyati samaradorligini oshirish va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish masalalari muhokama qilindi

Bugungi uchrashuvda mahalliy Kengashlar faoliyati samaradorligini oshirish, deputatlik nazoratini kuchaytirish va qonun ustuvorligini taʼminlash masalalariga ham alohida eʼtibor qaratilib, xalq deputatlari Surxondaryo viloyati, Sho'rchi, Oltinsoy, Sariosiyo, Uzun, Denov hamda Boysun tuman Kengashi kotibiyatlari xodimlari ishtirok etishdi.

Taʼkidlanganidek, so‘nggi yillarda mamlakatimizda davlat boshqaruvi tizimini demokratlashtirish, hokimiyat tarmoqlari o‘rtasida muvozanatni taʼminlash hamda xalq bilan muloqotning samarali mexanizmlarini shakllantirishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, Kengash qarorlarini qabul qilishda qonunchilik talablariga qatʼiy rioya qilish, mansabdor shaxslarning hisobotlarini eshitishda tizimdagi muammoli masalalarning yechimiga, aholi murojaatlari bilan ishlash holatiga eʼtiborni qaratish, Kengashlarning nazorat funksiyasini kuchaytirish, deputatlarning tashabbuskorligi va aholi bilan ishlash faolligini yanada oshirish zarurligi taʼkidlandi.

Muhokamalar yakunida viloyat, shahar va tuman Kengashlari, deputatlar ishini yanada samarali tashkil etish yuzasidan kotibiyat mudirlari va mutaxassislarning fikr-mulohazalari eshitildi hamda zarur ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati