Barcha yangiliklar
Deputat faoliyatidan
Gallery image 160642
OCHILOV BEHRO‘Z IKROMJONOVICH
13 Iyun 2026
10:01

Deputat faoliyatidan

Favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha o‘rganish o‘tkazildi

🇺🇿 Xalq deputatlari Paxtachi tumani Kengashi raisi E.Eshonqulov hamda Paxtachi tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari bilan birgalikda “Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining (2022-yil 17-avgustdagi O‘RQ-790-son) ijrosi yuzasidan Paxtachi tumanidagi 5-son umumta’lim maktabida o‘rganish ishlari olib borildi.

🔹 O‘rganish davomida ta’lim muassasasida favqulodda vaziyatlarning oldini olish, o‘quvchi va pedagog xodimlarning xavfsizligini ta’minlash, evakuatsiya yo‘laklari, yong‘in xavfsizligi vositalari hamda tegishli hujjatlarning yuritilish holati ko‘zdan kechirildi.

🔹 Shuningdek, mas’ullarga qonun talablarining ijrosini yanada kuchaytirish, favqulodda vaziyatlarda harakatlanish bo‘yicha targ‘ibot-tushuntirish ishlarini muntazam tashkil etish yuzasidan tavsiyalar berildi.