Barcha yangiliklar
PQ-48 ijrosi nazoratda: "Manguzar" mahallasidagi ko‘p qavatli uylar holati o‘rganildi   Termiz shahrida aholi yashash sharoitlarini yaxshilash, ko‘p qavatli uylarga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish deputatlar faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qolmoqda.
Gallery image 160628
Gallery image 160629
Gallery image 160630
Gallery image 160631
MAMASHUKUROV RAHMON ABDULAXAT O‘G‘LI
12 Iyun 2026
23:31

PQ-48 ijrosi nazoratda: "Manguzar" mahallasidagi ko‘p qavatli uylar holati o‘rganildi   Termiz shahrida aholi yashash sharoitlarini yaxshilash, ko‘p qavatli uylarga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish deputatlar faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qolmoqda.

O‘rganishdan maqsad mahalla raisi ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ–48-sonli qarori ijrosini ta’minlash, xususan, hududdagi ko‘p qavatli uylarning bugungi holatini tahlil qilishdan iborat bo‘ldi.

Jarayonda ko‘p qavatli uylarning kirish yo‘laklari holati, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarining sozligi, bolalar maydonchasi holati atrof-muhit obodonchiligi va aholi uchun yaratilgan umumiy qulayliklar ko‘zdan kechirildi.

O‘rganish jarayonida ko‘p qavatli uylarga xizmat ko‘rsatish va infratuzilma bilan bog‘liq bir qator kamchiliklar aniqlandi.

Mazkur aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida tegishli mutasaddi tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborilishi va ijrosi qat'iy nazoratga olinishi belgilandi.