Barcha yangiliklar
Xotin-qizlar bilan uchrashuv o‘tkazildi
Gallery image 160503
Gallery image 160504
Gallery image 160505
USMONOV UMIDJON RAYIMQUL O‘G‘LI
12 Iyun 2026
19:42

Xotin-qizlar bilan uchrashuv o‘tkazildi

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Z.Abduraimova hamda tuman hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Sh.Rayimova tomonidan Balandchaqir mahallasida xotin-qizlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash, oilalarda sog‘lom muhitni shakllantirish hamda erta nikoh va erta turmushning salbiy oqibatlari yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.

Shuningdek, xotin-qizlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish, yoshlarni turli salbiy illatlardan asrash hamda ularning ijtimoiy faolligini oshirish masalalari muhokama qilindi.

Tadbir davomida fuqarolarning murojaat va takliflari tinglanib, mavjud muammolarni hal etish hamda xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.