Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashining yettinchi chaqiriq birinchi sessiyasi o‘tkazildi.
Gallery image 18024
Gallery image 18025
Gallery image 18026
Gallery image 18027
Gallery image 18028
Gallery image 18029
Gallery image 18030
Gallery image 18031
Gallery image 18032
Gallery image 18033
Gallery image 18034
Gallery image 18035
Gallery image 18036
Gallery image 18037
QANOATOV DILSHOD ABDUSAMAT O‘G‘LI
06 Noy 2024
10:07

Xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashining yettinchi chaqiriq birinchi sessiyasi o‘tkazildi.

Xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashining yettinchi chaqiriq birinchi sessiyasi o‘tkazildi.

1-SESSIYA O‘TKAZILDI: BEKZOD BOBOMURODOV TUMAN HOKIMI LAVOZIMIGA TASDIQLANDI

Bugun xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashining yettinchi chaqiriq birinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. 

Sessiya tuman saylov komissiyasi raisining joriy yil 27-oktyabrda bo‘lib o‘tgan saylov yakunlari to‘g‘risida axborot berilishidan boshlandi.

Sessiyada xalq deputatlari tuman Kengashiga saylangan deputatlarning partiya guruhlari ro‘yxatdan o‘tkazilib, tuman Kengashining Reglamenti va doimiy komissiyalar to‘g‘risidagi Nizom tasdiqlandi. 

Shundan so‘ng viloyat hokimining o‘rinbosari San’atulla Hikmatov viloyat hokimining Bekzod Bobomurodovni Qiziltepa tumani hokimi lavozimiga tayinlash to‘g‘risidagi qarorini o‘qib eshittirdi.

Sessiya davomida Bekzod Bobomurodov Qiziltepa tumanini 2025-2029 yillarda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi bo‘yicha ma’lumotlar berdi.

Qonunchilikka asosan, tuman hokimi lavozimiga nomzod viloyat hokimi tomonidan ko‘rsatilib, partiya guruhlari bilan maslahatlashuv o‘tkaziladi. Bugungi sessiya davomidagi maslahatlashuv natijalariga ko‘ra, Bobomurodov Bekzod Nuriddinovich bir ovozdan Qiziltepa tumani hokimi lavozimiga tasdiqlandi.