Barcha yangiliklar
Fayziobodda yangi zamonaviy savdo majmuasi barpo etilishi rejalashtirilmoqda
Gallery image 160153
Gallery image 160154
Gallery image 160155
Gallery image 160156
Gallery image 160157
Gallery image 160158
JUMAYEV ADXAMJON AKRAMOVICH
12 Iyun 2026
16:46

Fayziobodda yangi zamonaviy savdo majmuasi barpo etilishi rejalashtirilmoqda

 Fayziobodda yangi zamonaviy savdo majmuasi barpo etilishi rejalashtirilmoqda


 

Oltiariq tumanida aholiga qulay shart-sharoitlar yaratish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash hamda savdo xizmatlari sifatini oshirish maqsadida yana bir yirik loyiha amalga oshirilishi rejalashtirilmoqda. Xususan, Fayziobod mahalla fuqarolar yig‘ini hududida drayver loyiha asosida zamonaviy savdo majmuasi va bozor qurilishi belgilangan. Mazkur loyiha bo‘yicha Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati A.Yursunov, tuman hokimi maslahatchisi
M.Axmedov, mahalla faollari ishtirokida qurilish maydonida o‘rganish ishlari olib borildi.
Loyihaga
muvofiq, hozirgi kunda bo‘sh turgan hududda zamonaviy arxitektura talablari asosida savdo rastalari, maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchalari, ochiq savdo pavilonlari barpo etiladi.
Loyihaning asosiy maqsadi aholi uchun qulay va xavfsiz savdo muhitini yaratish, tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini kengaytirish hamda yangi ish o‘rinlari tashkil etishdan iborat.