Barcha yangiliklar
Oyqor QFYdagi 61-maktabda “Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida
Gallery image 160143
Gallery image 160144
Gallery image 160145
BUTAYEV JAVLON RASHID O‘G‘LI
12 Iyun 2026
16:43

Oyqor QFYdagi 61-maktabda “Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida

Baxmal tumani deputatlari xalq dardiga quloq tutib, mahallalardagi muammolarni hal etish va yoshlar ta’tilini samarali tashkil etish choralarini ko‘rmoqda.
Xalq deputatlari Baxmal tumani Kengashi raisi A. Zikiryayev va kotibiyat mudiri B. Amanov viloyat Kengashi deputati U. O‘razboyev bilan birgalikda tuman mahallalarida o‘rganishlar o‘tkazdi.
O‘rganish jarayonida Oyqor QFYdagi 61-maktabda “Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida yoshlarning yozgi ta’tilini mazmunli tashkil etish sharoitlari bilan tanishdi va nazorat tahlil tadbirlarini olib bordi.
Deputatlarning bunday amaliy o‘rganishlari hududdagi ijtimoiy muammolarni tezkor hal etishga xizmat qilmoqda.