Barcha yangiliklar
🔰Nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildi.
Gallery image 160121
Gallery image 160122
Gallery image 160123
Gallery image 160124
Gallery image 160125
Gallery image 160126
Gallery image 160127
YAKUBOV AKBAR ZAIROVICH
12 Iyun 2026
16:25

🔰Nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildi.

🔸Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashining "Qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha" doimiy komissiyasi raisi B.Toshpo‘latov rahbarligida navbatdagi nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildi. Unda shahar Kengashi deputatlari, komissiya aʼzolari hamda soha ekspertlari ishtirok etdilar.

🔸Nazorat-tahlil tadbiri doirasida masʼul tashkilotlarning ekologik barqarorlikni taʼminlash va hududlarni obodonlashtirish bo‘yicha hisoboti atroflicha ko‘rib chiqildi. 

🔸Xususan, shaharda atmosferaga chiqarilayotgan zararli gazlar miqdorini kamaytirish, sanoat korxonalari va transport vositalarining atrof-muhitga taʼsirini jilovlash borasidagi ko‘rsatkichlar tahlil qilindi. 

🔸Shaharni yashil makonga aylantirish, daraxt va buta ko‘chatlarini tizimli ekish hamda ularni parvarishlash ishlariga alohida urg‘u berildi.