Barcha yangiliklar
Avtomobil yo‘lida olib borilayotgan ta’mirlash ishlari o‘rganildi
Gallery image 160058
Gallery image 160059
Gallery image 160060
KURGANOVA NILUFAR RAXIMJANOVNA
09 Iyun 2026
16:06

Avtomobil yo‘lida olib borilayotgan ta’mirlash ishlari o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan Ish rejasiga muvofiq tumanning “Uzun” mahallasida avtomobil yo‘llarini ta’mirlash ishlarining borishi hamda kuchli yog‘ingarchiliklar davrida sel va suv toshqinlari yuzaga kelishining oldini olish maqsadida avtomobil yo‘li ostidan yomg‘ir suvlarini o‘tkazish uchun quvur ko‘mish ishlari O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan saylangan deputat M.Ashurov tomonidan joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

🔺O‘rganish davomida mutasaddi tashkilotlar va pudratchi korxona vakillari ishtirokida olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlarining sifati, belgilangan loyiha hujjatlariga muvofiqligi hamda qurilish materiallarining talab darajasida qo‘llanilayotganligi ko‘zdan kechirildi.

🔺Xususan, avtomobil yo‘liga zarar yetkazmaslik, yo‘l qatnovi xavfsizligini ta’minlash hamda aholi yashash hududlariga yomg‘ir va sel suvlarining kirib kelishining oldini olish maqsadida suv o‘tkazuvchi quvurlarning o‘rnatilish jarayoni ko‘zdan kechirildi.