Barcha yangiliklar
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan
Gallery image 160011
Gallery image 160012
Gallery image 160013
Gallery image 160014
Gallery image 160015
Gallery image 160016
SAFAR SANJAR AZAMAT O‘G‘LI
12 Iyun 2026
15:44

Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

📌 Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya doimiy komissiyasi majlisi bo‘lib o‘tdi

🏛 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya doimiy komissiyasining navbatdagi majlisi o‘tkazildi.

📊 Majlis kun tartibiga muvofiq, Sherobod tuman “Yo‘llardan foydalanish” davlat muassasasi rahbari B. Qulmamatovning 2026-yil I choragi yakunlari bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi hisoboti tinglandi.

💬 Muhokamalar jarayonida deputatlar tomonidan sohaga oid qator taklif va mulohazalar bildirilib, mas’ul rahbarga tegishli tavsiyalar berildi.

✅ Majlis yakunida ko‘rib chiqilgan masalalarni Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritish yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi.