Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari kotibiyatlari faoliyati samaradorligini yanada oshirish, ilg‘or tajribalarni o‘rganish va o‘zaro tajriba almashishni yo‘lga qo‘yish maqsadida Xalq deputatlari Boysun tuman Kengashi kotibiyati xodimlari Xalq deputatlari Oltinsoy tumaniga tashrif buyurdi.
Gallery image 159867
Gallery image 159868
Gallery image 159869
Gallery image 159870
Gallery image 159871
Gallery image 159872
Gallery image 159873
Gallery image 159874
UZBEKOVA ZOHIDA BAXROMOVNA
11 Iyun 2026
12:21

Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari kotibiyatlari faoliyati samaradorligini yanada oshirish, ilg‘or tajribalarni o‘rganish va o‘zaro tajriba almashishni yo‘lga qo‘yish maqsadida Xalq deputatlari Boysun tuman Kengashi kotibiyati xodimlari Xalq deputatlari Oltinsoy tumaniga tashrif buyurdi.


Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari kotibiyatlari faoliyati samaradorligini yanada oshirish, ilg‘or tajribalarni o‘rganish va o‘zaro tajriba almashishni yo‘lga qo‘yish maqsadida Xalq deputatlari Boysun tuman Kengashi kotibiyati xodimlari Xalq deputatlari Oltinsoy tumaniga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida Oltinsoy tuman Kengashi kotibiyatining faoliyati, ish yuritish tizimi, deputatlar faoliyatini tashkiliy va axborot jihatdan qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdilar.

Kotibiyat faoliyatini takomillashtirish, ish samaradorligini oshirish hamda zamonaviy ish uslublarini joriy etish masalalari yuzasidan fikr va tajribalar almashildi.

Mazkur tashrif ikki tuman Kengashlari kotibiyatlari o‘rtasida hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash va faoliyat samaradorligini oshirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.