Barcha yangiliklar
#24_ta_masala #DEPUTATLIK_NAZORATI
Gallery image 159811
Gallery image 159812
Gallery image 159813
Gallery image 159814
Gallery image 159815
Gallery image 159816
Gallery image 159817
RAZIQOV ILXOM MAMASAITOVICH
12 Iyun 2026
11:27

#24_ta_masala #DEPUTATLIK_NAZORATI

 Mazkur o‘rganish tadbiri doirasida Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati A.Oripov, tuman Kengashi deputati Z.Mengnarova, O‘zXDP tuman kengashi raisi O.Avazov va Kengash kotibiyati bosh mutaxassislari ishtirokida “Qorliq” mahallasida o‘rganish tadbiri o‘tkazildi. 

O‘rganish davomida Yoshlar yetakchisi tomonidan yoshlar bilan ishlash, ularning bandligini ta’minlash, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ijtimoiy faolligini oshirish, yoshlarni turli tanlov va loyihalarga keng jalb etish
borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilinib, mavjud holat yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.
 

Shuningdek, deputatlar tomonidan Yoshlar yetakchisining samarali faoliyati alohida e’tirof etilib, uning sa’y-harakatlari natijasida mahalla yoshlari tuman bosqichida o‘tkazilgan “DXX kubogi” musobaqalarida mutlaq g‘oliblikni qo‘lga kiritgani munosabati bilan samimiy tabriklar bildirildi va kelgusidagi faoliyatiga muvaffaqiyatlar tilandi.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

🕊Telegram 💬Facebook 🌐E-kengash 📸Instagram ▶️YouTube 🌐 oltinsoy.uz