Barcha yangiliklar
Deputat va mahalla ettiligi
Gallery image 159778
Gallery image 159779
Gallery image 159780
Gallery image 159781
Gallery image 159782
Gallery image 159783
ASHIRMATOV AZIZ NAMATULLAYEVICH
12 Iyun 2026
10:58

Deputat va mahalla ettiligi

 Xalq deputatlari Qibray tuman Kengashi deputatlari Sh.Komilova va Sh.Abdullayeva, Kengash kotibiyati mudiri O.Toirov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi G.Aripova tomonidan “Mahalla yettiligi” bilan birgalikda “Mustaqillik” mahallasida yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar va tadbirlar samaradorligi o‘rganildi.
 O‘rganish davomida mahallada yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni sportga, madaniy-ma’rifiy hamda kasb-hunarga yo‘naltirish borasida amalga oshirilayotgan loyihalar va tashabbuslar bilan tanishildi.
 Deputatlar mahallada bolalar uchun yaratilgan sport maydonchasini ko‘zdan kechirib, ulardan foydalanish holati va yaratilgan sharoitlar bilan tanishdilar. Yoshlarni sog‘lom turmush tarziga jalb etish, ularning sportga bo‘lgan qiziqishini oshirish va bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishdagi ahamiyati alohida ta’kidlandi.