Barcha yangiliklar
Deputat faoliyati - Mahalla ettiligi
Gallery image 159771
Gallery image 159772
Gallery image 159773
Gallery image 159774
Gallery image 159775
Gallery image 159776
ASHIRMATOV AZIZ NAMATULLAYEVICH
12 Iyun 2026
10:56

Deputat faoliyati - Mahalla ettiligi

Xalq deputatlari Qibray tuman Kengashi 3-okrug deputati Alisher Tadjibayev hamda Kengash kotibiyati mudiri O.Toirov tomonidan “Mexnat” mahallasida faoliyat yuritayotgan “mahalla yettiligi”ning ish samaradorligi o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida mahallada aholi bilan ishlash tizimi, ijtimoiy muammolarni aniqlash va bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, yoshlar va xotin-qizlar bilan ishlash holati, shuningdek, profilaktika va bandlik yo‘nalishlaridagi ishlar tahlil qilindi.
Shu bilan birga, “mahalla yettiligi” a’zolari faoliyatini yanada takomillashtirish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda ish samaradorligini oshirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.