Barcha yangiliklar















RAZIQOV ILXOM MAMASAITOVICH
11 Iyun 2026
20:39
Qabristonlarda obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda
Jumladan, tumandagi “Jobu” MFYda joylashgan qabristonlarda obodonlashtirish ishlari izchil davom ettirilmoqda. Ushbu tadbirlar doirasida hasharlar tashkil etilib, hududlarni tozalash, bino qurish, daraxtlarga shakl berish, ichki yo‘laklarni tartibga keltirish va atrof-muhitni yanada ko‘rkamlashtirish ishlariga alohida e’tibor qaratilmoqda
Ta’kidlash joizki, mazkur ishlar aholi uchun munosib ziyoratgoh muhitini yaratish, muqaddas qadamjolarning obodligi va ozodaligini ta’minlash, shuningdek, milliy qadriyatlarimizga hurmat va ehtirom tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qilmoqda
✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati
🕊Telegram 💬Facebook 🌐E-kengash 📸Instagram ▶️YouTube 🌐 oltinsoy.uz