Barcha yangiliklar
MAHALLADA  HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI.
Gallery image 159605
Gallery image 159606
KARIMOV AZIMBOY XO‘JABOY O‘G‘LI
11 Iyun 2026
19:36

MAHALLADA HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI.

O‘rganishdan maqsad — mahallada aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish, fuqarolarning daromad manbalarini kengaytirish, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash hamda hokim yordamchisiga yuklatilgan vazifalarning ijro etilishi holatini tahlil qilishdan iborat bo‘ldi.

O‘rganish davomida mahallada amalga oshirilayotgan ishlar, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash holati, yangi ish o‘rinlari yaratish va aholini tadbirkorlikka jalb etish borasidagi ishlar ko‘zdan kechirildi.

O‘rganish yakunida aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda ishlar samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar bildirildi.