Barcha yangiliklar
Deputatlar va soha mutasaddilari madaniyat maskani faoliyati bilan tanishdilar
Gallery image 159477
Gallery image 159478
Gallery image 159479
Gallery image 159480
Gallery image 159481
NOSIROV OXUNJON ASLIDDIN O‘G‘LI
11 Iyun 2026
17:33

Deputatlar va soha mutasaddilari madaniyat maskani faoliyati bilan tanishdilar

Deputatlar va soha mutasaddilari madaniyat maskani faoliyati bilan tanishdilar
Bugun O‘zLiDeP Kitob tuman Kengashi raisi V.Parmonova hamkorligida, Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi kotibiyat mudiri G‘.Uzoqov hamda bosh mutaxassis J.Ergashevlar ishtirokida navbatdagi o‘rganish ishlari olib borildi.
Mas’ullar tumandagi O‘lmas Saidjonov nomidagi madaniyat maskani hamda ushbu muassasada faoliyat ko‘rsatayotgan kutubxonalar holatini yaqindan ko‘zdan kechirdilar.
O‘rganish davomida madaniyat maskanining bugungi kundagi faoliyati, aholi, ayniqsa, yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish borasidagi ishlar, shuningdek, kutubxona fondining kitobxonlar uchun yaratilgan sharoitlari tahlil qilindi. Maskan mutasaddilari bilan sohani yanada rivojlantirish hamda mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan o‘zaro fikr almashildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: