Barcha yangiliklar
Yoshlar kuni munosabati bilan yoshlar faoliyati o‘rganilmoqda
Gallery image 159416
Gallery image 159417
Gallery image 159418
Gallery image 159420
Gallery image 159422
Gallery image 159425
Gallery image 159427
PARDAYEV HUMOYUN SHERMAT O‘G‘LI
11 Iyun 2026
16:58

Yoshlar kuni munosabati bilan yoshlar faoliyati o‘rganilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan payshanba kuni “Yoshlar kuni” sifatida ta'sis etilganligi munosabati bilan G‘ozg‘on shahrida yoshlar bilan uchrashuvlar davom etmoqda.

Xalq deputatlari G‘ozg‘on shahar Kengashi deputati, shahar hokimi Nurali Jo‘rayev hamda tegishli mas’ullar "Guliston" mahallasida istiqomat qiluvchi yosh tadbirkor A. Mamatov bilan samimiy muloqot qildi.

Amirxon yoshligidan mehnatsevarligi bilan ajralib turib, otasi bilan birgalikda qulupnay yetishtirish faoliyati bilan shug‘ullanib kelmoqda. Oila mehnati va izlanishlari natijasida ushbu yo‘nalishda tajriba orttirib, qishloq xo‘jaligi sohasiga munosib hissa qo‘shmoqda.

Uchrashuv davomida shahar hokimi Amirxonning tashabbuskorligi va mehnatsevarligini e’tirof etib, kelgusidagi faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladi.