Barcha yangiliklar
Kambag‘allik reyestridagi oilalar holidan xabar olindi.
Gallery image 159381
Gallery image 159382
Gallery image 159383
QANOATOV DILSHOD ABDUSAMAT O‘G‘LI
11 Iyun 2026
16:41

Kambag‘allik reyestridagi oilalar holidan xabar olindi.

Kambag‘allik reyestridagi oilalar holidan xabar olindi.

Xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashining 18-Gʻoyibon saylov okrugidan saylangan tuman Kengashi deputati M.Karimova hamda Inson ijtimoiy xizmatlar markazi xodimi bilan birgalikda Gʻoyibon mahallasidagi kambag‘allik reyestriga kiritilgan oilalar xonadonlariga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida oilalarning ijtimoiy ahvoli, yashash sharoiti va mavjud muammolari o‘rganilib, ularning murojaatlari tinglandi.

Shuningdek, aholini qo‘llab-quvvatlash maqsadida davlat tomonidan yaratilgan imkoniyatlar, ijtimoiy xizmatlar, moddiy yordam va bandlik dasturlari haqida batafsil tushuntirishlar berildi.

Uchrashuv davomida fuqarolarni qiynayotgan masalalarni hal etish yuzasidan tegishli choralar belgilab olindi hamda oilalarning turmush darajasini yaxshilashga qaratilgan ishlar izchil davom ettirilishi ta’kidlandi.