Barcha yangiliklar
🎡 Deputat  Nazirov Madaminjon Ma’rufjon tomonidan Dream Park faoliyati, parkda yozgi ta’til mavsumida bolalar uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganildi.
Gallery image 159217
Gallery image 159218
Gallery image 159219
Gallery image 159220
Gallery image 159221
Gallery image 159222
Gallery image 159223
Gallery image 159224
Gallery image 159225
Gallery image 159226
Gallery image 159227
Gallery image 159228
Gallery image 159229
Gallery image 159230
Gallery image 159231
Gallery image 159232
Gallery image 159233
Gallery image 159234
NORBAYEVA GULSHAN XASHIMOVNA
11 Iyun 2026
13:50

🎡 Deputat Nazirov Madaminjon Ma’rufjon tomonidan Dream Park faoliyati, parkda yozgi ta’til mavsumida bolalar uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganildi.

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati Nazirov Madaminjon Ma’rufjon o‘g‘li tomonidan Chilonzor tumanidagi Dream Park markaziy istirohat bog‘ida yozgi ta’til mavsumi davomida fuqarolar, ayniqsa bolalar va yoshlar uchun yaratilgan sharoitlar yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

Tashrif davomida bog‘ hududida tashkil etilgan dam olish va ko‘ngilochar maskanlar, bolalar attraksionlari, o‘yin maydonchalari hamda tashrif buyuruvchilar uchun yaratilgan qulayliklarning holati ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, attraksionlar va texnik uskunalarning xavfsizlik talablari asosida foydalanilayotgani, ularning texnik sozligi, muntazam nazorat va profilaktik ko‘riklardan o‘tkazilishi yuzasidan mas’ul mutaxassislarning axborotlari tinglandi.

Deputat tomonidan bolalarning xavfsiz dam olishini ta’minlash masalasiga alohida e’tibor qaratilib, favqulodda holatlarning oldini olish, attraksionlar va o‘yin uskunalarining texnik holati, ulardan foydalanishda xavfsizlik choralarining ta’minlanganligi, mas’ul xodimlarning yozgi mavsumga tayyorgarligi yuzasidan mutasaddilar bilan suhbat o‘tkazildi.

O‘rganish jarayonida bog‘da dam olayotgan bolalar va ularning ota-onalari bilan ochiq muloqot tashkil etildi. Ularning bog‘ faoliyati, mavjud sharoitlar, yangi attraksionlar, qo‘shimcha qulayliklar yaratish hamda dam olish sifatini yanada yaxshilashga doir taklif va istaklari tinglandi.

Ta’kidlanganidek, yozgi ta’til davrida bolalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning xavfsizligi va salomatligini ta’minlash, zamonaviy va qulay dam olish muhitini yaratish masalalari doimiy e’tiborda bo‘lib, bu boradagi ishlar deputatlik nazorati doirasida muntazam o‘rganib boriladi.