Barcha yangiliklar









SUVANKULOV SHOXZAMON SHUXRAT O‘G‘LI
11 Iyun 2026
11:44
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi
Xalq deputatlari Boyovut tuman Kengashi deputati J.Rahmonqulov tomonidan “Navbahor” mahallasida istiqomat qiluvchi yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuv davomida yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish, tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, davlat dasturlari va imtiyozlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Muloqot jarayonida yoshlar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar tinglanib, ularni hal etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi. Uchrashuv ochiq va samimiy ruhda o‘tib, yoshlarni qiynayotgan masalalar yuzasidan fikr almashildi.