Barcha yangiliklar
🚧 Yo‘l harakati xavfsizligi – doimiy e’tiborda!
Gallery image 159033
Gallery image 159034
UTEGENOV ABDURAXIM KODIRALIYEVICH
06 Iyun 2026
00:00

🚧 Yo‘l harakati xavfsizligi – doimiy e’tiborda!

Xalq deputatlari Bekobod tuman Kengashi raisi Y. Mo‘minova tomonidan Farhod mahallasida yo‘l-transport hodisalarining oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarning ijrosi joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

O‘rganish davomida hududdagi yo‘l infratuzilmasi, piyodalar xavfsizligi, yo‘l belgilari va harakatni tartibga soluvchi vositalarning holati ko‘zdan kechirildi.

Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda fuqarolar uchun yanada xavfsiz va qulay sharoit yaratish yuzasidan tegishli mas’ullarga topshiriqlar berildi.

✅ Inson hayoti va salomatligini asrash, yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash hamda baxtsiz hodisalarning oldini olish borasidagi ishlar izchil davom ettiriladi.