Barcha yangiliklar
ISHCHI GURUH O‘RGANISHLARI DAVOM ETMOQDA
Gallery image 158972
Gallery image 158973
Gallery image 158974
Gallery image 158975
Gallery image 158976
DADAJONOVA OZODAXON ADILOVNA
11 Iyun 2026
09:35

ISHCHI GURUH O‘RGANISHLARI DAVOM ETMOQDA

ISHCHI GURUH O‘RGANISHLARI DAVOM ETMOQDA

🔹 “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi yuzasidan Hosilot MFYda ishchi guruh tomonidan manzilli o‘rganish o‘tkazildi.
👥 O‘rganishda tuman Kengashi kotibiyati mudiri Sh.Rahimov, doimiy komissiya raisi O.Dadajonova, deputat F.Omonova, kotibiyat bosh mutaxassisi A.Eminjonov, "Madad" NNT va soha vakillari, siyosiy partiyalar hamda Yoshlar maslahat guruhi a’zolari ishtirok etdi.
🏘 Jarayonda mahalla “yettiligi”ning xotin-qizlar va bolalarni qo‘llab-quvvatlash, zo‘ravonlikning oldini olish hamda muammoli oilalar bilan ishlash borasidagi faoliyati tahlil qilinib, davra suhbati tashkil etildi.
💬 Shuningdek, fuqarolar murojaatlari tinglanib, aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ul tashkilotlarga tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.
✅ Qonun ijrosini ta’minlash va murojaatlarga manzilli yechim topish bo‘yicha o‘rganishlar davom ettirilmoqda.

Telegram | Facebook | YouTube