Barcha yangiliklar
Deputat tadbirkorlar bilan muloqot o‘tkazdi
Gallery image 158968
Gallery image 158969
Gallery image 158970
Gallery image 158971
ABDUVOSITOVA GAVHAROY KAMOLIDINOVNA
11 Iyun 2026
09:33

Deputat tadbirkorlar bilan muloqot o‘tkazdi

 Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati B.Avliyoqulov o‘z saylov okrugida joylashgan Mingbuloq mahallasida bo‘lib, hududda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar bilan uchrashdi. Uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad tadbirkorlarning faoliyati bilan yaqindan tanishish, ularni qiynayotgan muammolarni o‘rganish, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalarini yanada rivojlantirish yuzasidan taklif va mulohazalarini eshitishdan iborat bo‘ldi. Muloqot davomida deputat mahallada faoliyat olib borayotgan savdo, xizmat ko‘rsatish sohasidagi tadbirkorlik sub’ektlari vakillari bilan suhbatlashib, ularning ish faoliyati, yaratilgan ish o‘rinlari hamda aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar bilan tanishdi. Uchrashuv yakunida tadbirkorlarning taklif va tashabbuslari
qayd qilinib, ularni amalga oshirish hamda mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha amaliy ishlar davom ettirilishi belgilandi.