Barcha yangiliklar
Baxmaldagi yangi bogʻcha qurilishi doimiy nazoratda
Gallery image 158929
Gallery image 158930
Gallery image 158931
BUTAYEV JAVLON RASHID O‘G‘LI
11 Iyun 2026
09:17

Baxmaldagi yangi bogʻcha qurilishi doimiy nazoratda

🏗 Baxmaldagi yangi bogʻcha qurilishi doimiy nazoratda
Xalq deputatlari Baxmal tuman Kengashi kotibiyat mudiri B.Amanov “Doʻstlik” MFY hududida yangi barpo etilayotgan 5-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotidagi qurilish ishlarini koʻzdan kechirdi.
Mazkur obyekt Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-dekabrdagi PQ-393-sonli qaroriga asosan hududning ijtimoiy infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida bunyod etilmoqda.
Koʻzdan kechirish davomida binoning qurilish sifati, belgilangan muddatlar va zamonaviy talablarga mosligi tahlil qilinib, ishlarni jadallashtirish hamda sifatli yakunlash boʻyicha masʼullarga tegishli tavsiyalar berildi.