Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashi
Gallery image 158912
Gallery image 158913
Gallery image 158914
KENJAYEV UMIDJAN YULDASHEVICH
11 Iyun 2026
08:35

Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashi

O‘rganish jarayonida hokim yordamchisining ko‘magida mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish va aholi bandligini ta’minlash borasida samarali ishlar amalga oshirilayotgani aniqlandi. Xususan, moliyaviy va amaliy ko‘maklar natijasida 5 ta mikroloyiha ishga tushirilgan bo‘lib, ushbu loyihalar doirasida 11 ta yangi ish o‘rni yaratilgan.

Shuningdek, mahallada aholi daromadlarini oshirish, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda yangi loyihalarni amalga oshirish yuzasidan olib borilayotgan ishlar muhokama qilindi. Deputat tomonidan bu boradagi faoliyatni yanada kuchaytirish va mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.