Barcha yangiliklar
Reproduktiv salomatlik — jamiyat salomatligining muhim omili
Gallery image 158697
Gallery image 158698
Gallery image 158699
Gallery image 158700
Gallery image 158701
TURAYEV ELDOR MAXMUDOVICH
10 Iyun 2026
17:46

Reproduktiv salomatlik — jamiyat salomatligining muhim omili

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashining ijtimoiy soha, sport va madaniyat masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan “Fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlash to‘g‘risida”gi O‘RQ-528-sonli Qonun ijrosi yuzasidan monitoring ishlari tizimli ravishda olib borilmoqda.

Navbatdagi monitoring ishlari Ilm mahallasida joylashgan 11-sonli oilaviy poliklinikada tashkil etildi.

O‘rganish davomida muassasada aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati, reproduktiv salomatlikni mustahkamlash borasidagi targ‘ibot ishlari hamda yaratilgan shart-sharoitlar atroflicha tahlil qilindi.

Shuningdek, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va faoliyat samaradorligini yanada oshirish yuzasidan tegishli tavsiya hamda takliflar bildirildi.

Sog‘lom avlodni voyaga yetkazish, aholi salomatligini mustahkamlash yo‘lidagi bu kabi monitoring va o‘rganish ishlari davom ettiriladi.