Barcha yangiliklar
Pastdarg‘om tumanida “To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganilib boshlandi
Gallery image 158689
Gallery image 158690
Gallery image 158691
Gallery image 158692
TURAYEV ELDOR MAXMUDOVICH
10 Iyun 2026
17:43

Pastdarg‘om tumanida “To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganilib boshlandi

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashining mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy masalalar bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida”gi O‘RQ-763-sonli Qonuni ijrosini o‘rganish yuzasidan qaror qabul qilindi.

Mazkur o‘rganishdan ko‘zlangan maqsad — iqtisodiy jihatdan nochor korxonalarni sog‘lomlashtirish, qarzdor va kreditorlarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish, to‘lovga qobiliyatsizlikning oldini olish va qonun normalarining ijrosini tahlil qilishdan iborat.

Qarorga muvofiq:
tumandagi qonun ijrosi joyiga chiqqan holda o‘rganiladi;

ishchi guruh tarkibi hamda savolnoma tasdiqlandi;

o‘rganish ishlari 2026-yil 18–19-may kunlari o‘tkaziladi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan takliflar ishlab chiqilib, tuman Kengashi kotibiyatiga taqdim etiladi.