Barcha yangiliklar
Tadbirkorlar faoliyati va mahalladagi ishlar o‘rganildi
Gallery image 158671
Gallery image 158672
Gallery image 158673
Gallery image 158674
Gallery image 158675
TURAYEV ELDOR MAXMUDOVICH
10 Iyun 2026
17:38

Tadbirkorlar faoliyati va mahalladagi ishlar o‘rganildi

17-Chandir saylov okrugi deputati M. Altiboyeva Chandirobod MFYDA bo‘lib, mahalla hokim yordamchisi G‘oyibov Jahongirning ish faoliyati bilan tanishdi.
Uchrashuv davomida mahallada amalga oshirilayotgan ishlar, aholi bandligini ta’minlash va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash borasidagi faoliyat o‘rganildi.
️Shuningdek, “Usta Lochinbek mebellari”, “Tumaris”, “Sardor”, “Shirina” xizmat ko‘rsatish korxonalari, “Ergash Norbuvi” oilaviy savdo do‘koni hamda “G‘offor bobo” oilaviy savdo shoxobchasi tadbirkorlari bilan uchrashuvlar o‘tkazildi.
️Suhbatlar davomida tadbirkorlarning faoliyati, mavjud muammo va takliflari o‘rganilib, ularni hal etish yuzasidan fikr almashildi.
️Tadbirkorlikni rivojlantirish va aholiga yanada qulay sharoit yaratish muhim vazifa ekani ta’kidlandi.