Barcha yangiliklar
Pastdarg‘om tumani “Oltiqahramon” mahallasida muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Gallery image 158665
Gallery image 158666
Gallery image 158667
TURAYEV ELDOR MAXMUDOVICH
10 Iyun 2026
17:36

Pastdarg‘om tumani “Oltiqahramon” mahallasida muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Tadbirda “Kambag‘allikdan farovonlik sari” tamoyili asosida aholi turmushini yaxshilash, yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, erta turmush qurishning salbiy oqibatlari, ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalarni yarashtirish choralari hamda yakka-olg‘iz, kasalmand, nogiron va nuroniylar holidan xabar olish, ularni moddiy-ma’naviy qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.
Tadbirda xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputati N. Aliyev, Samarqand viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i N. Qodirov, nuroniylar, o‘rta avlod vakillari hamda yoshlardan iborat jami 78 nafar ishtirokchi qatnashdi.
Uchrashuv davomida aholi murojaatlari tinglanib, jamiyatda tinchlik va totuvlikni mustahkamlash, oilalar farovonligini ta’minlash yo‘lida amaliy taklif va fikrlar bildirildi.