Barcha yangiliklar











RAZIQOV ILXOM MAMASAITOVICH
10 Iyun 2026
17:31
Oltinsoy tumani "Olmazor" mahallasidagi elektr ta’minoti muammosi yechimi bo‘yicha deputatlik so‘rovi yuborildi
Murojaatga ko‘ra, Oltinsoy tumani “Olmazor” mahallasi aholisi elektr ta’minoti sifatini yaxshilash maqsadida o‘z tashabbuslari va homiylar ko‘magida 11 dona beton ustunlar olib kelishgan.
Deputat o‘z so‘rovida mas’ul tashkilotdan aholi murojaatiga befarq bo‘lmasdan, zarur texnika va mutaxassislarni jalb etgan holda, joriy yilning 18-iyun kuniga qadar mazkur 11 dona beton ustunni o‘rnatish choralarini ko‘rishni va natijasi bo‘yicha yozma ma’lumot taqdim etishni talab qildi.
✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati
🕊Telegram 💬Facebook 🌐E-kengash 📸Instagram ▶️YouTube 🌐 oltinsoy.uz