Barcha yangiliklar
Hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
Gallery image 158644
Gallery image 158645
Gallery image 158646
ABDUNAZAROV ULUG‘BEK KARIMOVICH
10 Iyun 2026
17:26

Hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi

 Xalq deputatlari Bekobod shahar kengashi 14-“Andijon” saylov okrugi deputati “Adolat” SDP a’zosi U.Mirzakalonov, shahar kengashi
kotibiyati bosh mutaxassisi U.Abdunazarov tomonidan “Andijon” mahallasida hokim yordamchsi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar
samaradorligi, xususan aholini kambag‘allikdan chiqarish ishlari tahlil etildi. “Andijon” mahalla fuqarolar yig‘inida bugungi kunda 3292 nafar aholi istiqomat qiladi. Mahallada kambag‘al oilalar soni 95 nafar fuqaroni tashkil etib, shundan 25 nafari davlat ta’minotidagi fuqarolar hisoblanadi. Mahalla hokim yordamchisi tomonidan kambag‘allik reyestrida turuvchi fuqarolar bilan manzilli ishlash, ularni kambag‘allikdan chiqarish hamda oilaviy daromadlarini oshirish maqsadida individual “yo‘l xaritalari” ishlab chiqilgan. Amalga oshirilayotgan ishlar doirasida 5 nafar fuqaroga oilaviy tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish va kengaytirish uchun imtiyozli kredit olish bo‘yicha tavsiyanomalar berildi. Shuningdek, 15 nafar fuqaro zamonaviy kasb-hunarlarni egallashi hamda bandligini ta’minlash maqsadida qayta kasb-hunarga o‘qitish kurslariga yo‘naltirildi. Mahallada aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish va kambag‘allikni qisqartirish borasidagi ishlar tizimli ravishda davom ettirilmoqda.