Barcha yangiliklar







TURAYEV ELDOR MAXMUDOVICH
10 Iyun 2026
17:14
Aholi reproduktiv salomatligi — doimiy e’tiborda
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashining ijtimoiy soha, sport va madaniyat masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan “Fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlash to‘g‘risida”gi O‘RQ-528-sonli Qonun ijrosi yuzasidan monitoring ishlari davom etmoqda.
Navbatdagi o‘rganish jarayonida Kichik Nayman mahallasidagi OSHP faoliyati ko‘zdan kechirilib, aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar, reproduktiv salomatlik bo‘yicha targ‘ibot va profilaktik ishlar holati o‘rganildi.
Monitoring davomida mavjud sharoitlar, tibbiy xizmat sifati hamda sohaga oid muammolar yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.