Barcha yangiliklar
Denov mahalla fuqarolar yig'ini yettiligi faoliyati o'rganildi
Gallery image 158462
Gallery image 158463
Gallery image 158464
Gallery image 158465
NOSIROV OXUNJON ASLIDDIN O‘G‘LI
10 Iyun 2026
15:56

Denov mahalla fuqarolar yig'ini yettiligi faoliyati o'rganildi

Kitob tumanida mahalla yettiligi va aholi xonadonlaridagi tadbirkorlik faoliyati o‘rganildi
Kitob tumanida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi Z.R.Bekatova, Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati Kengashi raisi I.B.Xushmurodova hamda Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi xodimlari ishtirokida navbatdagi o‘rganish tadbirlari o‘tkazildi.

Kuzatuvlar davomida tumandagi "Denov" MFY yettiligi faoliyati samaradorligi hamda hududda amalga oshirilayotgan ishlar yaqindan ko‘zdan kechirildi.
O‘rganish jarayonida asosiy e’tibor quyidagilarga qaratildi:
"Denov" MFY yettiligining aholi muammolarini hal etish va mahalla drayverlarini rivojlantirish borasidagi ish tizimi;
Xonadonlarda tomorqadan unumli foydalanish, xususan, asalarichilikni yo‘lga qo‘ygan fuqarolar tajribasi;
Issiqxona tashkil etish orqali oilaviy daromadini oshirayotgan va bozorlarimiz to‘kinligiga hissa qo‘shayotgan tadbirkorlar faoliyati.