Barcha yangiliklar
DEPUTATLAR NAZORATIDA
Gallery image 158394
Gallery image 158395
Gallery image 158396
Gallery image 158397
Gallery image 158398
Gallery image 158399
Gallery image 158400
Gallery image 158401
Gallery image 158402
Gallery image 158403
RAZIQOV ILXOM MAMASAITOVICH
10 Iyun 2026
15:26

DEPUTATLAR NAZORATIDA

Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati A.Oripov, tuman Kengashi deputatlari M.Qarshiyev va Z.Mengnarova, O‘zXDP tuman Kengash raisi O.Avazov va Kengash kotibiyat xodimlari ishtirokida “Obshir” mahallasida o‘rnatilayotgan quyosh panellari bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida aniqlanishicha, mahalla aholisining elektr energiyasi ta’minoti sifatini yaxshilash maqsadida homiylar ko‘magida quyosh panellari o‘rnatilmoqda. Ushbu loyiha natijasida aholi uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlanadi, tomorqa yerlarini sug‘orish uchun zarur bo‘lgan suv yetkazib berish imkoniyati yaratiladi.

Mazkur ishlar aholi farovonligini oshirish, tomorqachilikni rivojlantirish va yangi ish o‘rinlari yaratish orqali ishsizlik darajasini kamaytirishga xizmat qiladigan ustuvor yo‘nalishlardan biri hisoblanadi.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

🕊Telegram 💬Facebook 🌐E-kengash 📸Instagram ▶️YouTube 🌐 oltinsoy.uz