Barcha yangiliklar
🔰Deputat va yoshlar uchrashuvi.
Gallery image 158390
Gallery image 158391
Gallery image 158392
Gallery image 158393
YAKUBOV AKBAR ZAIROVICH
10 Iyun 2026
15:25

🔰Deputat va yoshlar uchrashuvi.

🔹Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi deputati M.Mamatkulov tomonidan Jizzax shahridagi “Sambhram” universitetida "O‘zbekiston islohotlarida yoshlarning ishtiroki" mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

🔹Tadbirda universitet talabalari, yosh tadbirkorlar, soha mutaxassislari va keng jamoatchilik vakillari jam bo‘lishdi. Samimiy ruhda o‘tgan muloqot davomida yoshlarning davlat va jamiyat boshqaruvidagi ishtiroki, qaror qabul qilish jarayonlaridagi o‘rni hamda yaratilgan imkoniyatlardan foydalanish darajasi atroflicha muhokama qilindi.

🔹Muloqot davomida ishtirokchilar tomonidan yoshlar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularning islohotlardagi faolligini oshirish va mavjud to‘siqlarni bartaraf etish bo‘yicha qator amaliy takliflar ilgari surildi. Bildirilgan barcha tashabbuslar kelgusida deputatlik faoliyati doirasida ko‘rib chiqilishi ta‘kidlandi.