Barcha yangiliklar
Deputat murojaati amaliy natija bermoqda
Gallery image 158349
Gallery image 158350
Gallery image 158351
Gallery image 158352
Gallery image 158353
ASHIRMATOV AZIZ NAMATULLAYEVICH
10 Iyun 2026
14:52

Deputat murojaati amaliy natija bermoqda

Joriy yilning 17-aprel kuni Xalq deputatlari Qibray tuman Kengashi deputatlari A.Rotova, O.Toirov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi G.Aripova tomonidan “Bo‘ston” mahallasining Shabada ko‘chasi orqali o‘tuvchi “Bo‘zsuv” kanali bo‘yida aholi xavfsizligini ta’minlash maqsadida himoya temir panjaralarini o‘rnatish masalasi o‘rganilgan edi.
O‘rganish yakunlari bo‘yicha deputatlar tomonidan tegishli tashkilotlar bilan muzokaralar o’tkazildi. Bugungi kunda mazkur murojaatlar asosida amaliy ishlar boshlangan bo‘lib, tuman Kengashi deputatlari A.Rotova va A.Tadjibayev hamda “Bo‘ston” mahallasi raisi D.Nishonov tomonidan olib borilayotgan ishlar nazoratga olindi.
Aholi xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan ushbu tashabbus bosqichma-bosqich o‘z yechimini topib, hududda zarur infratuzilma yaratish ishlari davom etmoqda.