Barcha yangiliklar
MIROBOD TUMANIDA 2024-YILDA ENERGIYA SAMARADORLIKNI OSHIRISH BO‘YICHA BELGILANGAN CHORA-TADBIRLARNING IJROSI HOLATIGA BAG‘ISHLANGAN YIG‘ILISH O‘TKAZILDI
Gallery image 17695
Gallery image 17696
Gallery image 17697
Gallery image 17698
Gallery image 17699
Gallery image 17700
Gallery image 17701
XAMDAMOV TOXIRBEK JAMSHID O‘G‘LI
11 Sen 2024
12:27

MIROBOD TUMANIDA 2024-YILDA ENERGIYA SAMARADORLIKNI OSHIRISH BO‘YICHA BELGILANGAN CHORA-TADBIRLARNING IJROSI HOLATIGA BAG‘ISHLANGAN YIG‘ILISH O‘TKAZILDI

   

Yig‘ilishda tumanda energiya samaradorlik bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, ayniqsa
energiya iste’moli yuqori bo‘lgan korxonalar faoliyati tahlil qilinib, belgilangan maqsadli ko‘rsatkichlarni bajarilishini ta’minlash, energoresurslardan oqilona foydalanishni tizimli yo‘lga qo‘yish yuzasidan
tavsiyalar berildi. 

Xususan, energiya sarfi yuqori bo‘lgan ma’nan eskirgan va nostandart uskunalarni energotejamkoriga almashtirish, xonadonlarni ikki bosqichli tizimga o‘tkazish, ulgurji iste’molchilarning elektr qurilmalariga kompensatsiya batareyalarini o‘rnatish va energiya resurslarini iqtisod qilish bilan bog‘liq boshqa
tadbirlarni jadallashtirish lozimligi ko‘rsatib o‘tildi. 

  

Shuningdek, iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy va energetika soha obyektlari hamda ko‘p qavatli uy-joylarni kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.