Barcha yangiliklar
Korrupsiyaga qarshi kurashish – jamiyat taraqqiyotining asosi
Gallery image 17686
Gallery image 17687
Gallery image 17688
Gallery image 17689
Gallery image 17690
Gallery image 17691
Gallery image 17692
Gallery image 17693
Gallery image 17694
XAMDAMOV TOXIRBEK JAMSHID O‘G‘LI
19 Sen 2024
12:23

Korrupsiyaga qarshi kurashish – jamiyat taraqqiyotining asosi

Mirobod tumani hokimligining katta faollar zalida, bugun, 25-sentabr kuni, “Korrupsiyani oldini olish” va “manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi qonun ijrosini samarali tashkil etish, sohada manfaatlar to‘qnashuvi holatlarini sodir etishga yo‘l qo‘ymasligi bo‘yicha kengaytirilgan seminar-trening bo‘lib o‘tdi.

Seminarda Toshkent shahar Xalq deputatlari Kengashi raisi o‘rinbosari Toshpulat Matibayev, Toshkent shahar Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘limi hodimi Sardorbek Xusayinov, Mirobod tuman hokimining birinchi o‘rinbosari Ashraf Salaydinov, Xalq deputatlari Mirobod tuman Kengash kotibiyati mudiri A.Karimov, hokimlik apparat xodimlari, tuman adliya bo‘limi xodimlari, mahallalardagi xotin-qizlar faollari, hokim yordamchilari, yoshlar yetakchilari, tumandagi korxona tashkilot rahbarlari ishtirok etdilar.

Seminar davomida Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi raisining o‘rinbosari T.Matibayev o‘z ma’ruzasi bilan qatnashib, korrupsiya va uning oqibatlari, vujudga kelish tarixi, bugungi xalqaro jamoatchilikning korrupsiyaga qarshi faoliyati va O‘zbekistonda korrupsiyani oldini olish, sog‘lom investitsion muhitni yaratish, xalq manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan islohotlar to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar berdi.