Barcha yangiliklar
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan
Gallery image 158017
Gallery image 158018
Gallery image 158019
SAFAR SANJAR AZAMAT O‘G‘LI
10 Iyun 2026
08:56

Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

📌 Deputat va mahalla faollari bilan hududdagi dolzarb masalalar muhokama qilindi

🔹 Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi kotibiyati mudiri O. Tursunov tomonidan 5-Guliston–Galaguzar saylov okrugi deputati O. Umarovning okrugi hisoblangan “Galaguzar” mahallasida o‘rganish ishlari amalga oshirildi.

🔹 O‘rganish davomida mahalla raisi bilan uchrashilib, mahallada olib borilayotgan ishlar, aholi murojaatlari bilan ishlash holati, hududdagi ijtimoiy-ma’naviy muhit hamda 24-yo‘nalish bo‘yicha amalga oshirilayotgan faoliyat yuzasidan suhbat o‘tkazildi.

🔹 Shuningdek, mahalla faoliyatining samaradorligini oshirish, mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar o‘rganilib, tegishli tavsiya va takliflar berildi.