Barcha yangiliklar
BEPUL BERILADIGAN DORILAR BILAN TA'MINLASH HOLATI O'RGANILDI.
Gallery image 157922
Gallery image 157923
Gallery image 157924
Gallery image 157925
Gallery image 157926
Gallery image 157927
Gallery image 157928
Gallery image 157929
Gallery image 157930
KARIMOV AZIMBOY XO‘JABOY O‘G‘LI
08 Iyun 2026
20:02

BEPUL BERILADIGAN DORILAR BILAN TA'MINLASH HOLATI O'RGANILDI.

 O‘rganish davomida tumandagi 43 ta mahallada istiqomat qiluvchi qariyb 180 ming nafar aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar hamda dori ta’minoti tizimi tahlil qilindi.

Ma’lum qilinishicha, shifokor tomonidan rasmiylashtirilgan elektron retsept asosida davlat tomonidan kafolatlangan tibbiy xizmatlar va dori vositalari paketiga kiritilgan dori vositalari bemorlarga dorixonalar orqali reimbursatsiya dasturi asosida yetkazib berilmoqda.

Xususan, surunkali kasalliklar bilan dispanser nazoratida turgan bemorlar 11 turdagi dori vositalari bilan muntazam ta’minlanayotgani qayd etildi.

Yakunda bepul dori vositalari bilan ta’minlash tizimi samaradorligini yanada oshirish, aholi murojaatlarini o‘z vaqtida hal etish hamda tibbiy xizmatlar sifatini yaxshilash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.