Barcha yangiliklar
Deputat tomonidan hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
Gallery image 157894
Gallery image 157895
MAMARAJABOV ABDULAZIZ ABDULLA O‘G‘LI
08 Iyun 2026
00:00

Deputat tomonidan hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi

Deputat tomonidan hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati A.Abdinazarov o‘zi saylangan saylov okrugidagi “Takiya” mahallasida bo‘lib, mahallada hokim yordamchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

O‘rganish davomida aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish, oilaviy biznes loyihalarini qo‘llab-quvvatlash hamda fuqarolarning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish borasida olib borilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, mahallada ishga joylashtirilgan fuqarolar, imtiyozli kreditlar asosida amalga oshirilayotgan loyihalar va daromad manbalarini yaratishga qaratilgan tashabbuslar yuzasidan ma’lumotlar olindi.

Deputat tomonidan mahallada mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yuzasidan hokim yordamchisi bilan fikr almashilib, aholi murojaatlariga o‘z vaqtida yechim topish hamda amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

#A_Abdinazarov