Barcha yangiliklar
Saylovchilar bilan uchrashuv
Gallery image 157892
Gallery image 157893
ESHONQULOV ELBEK ABDURAZOQOVICH
09 Iyun 2026
19:42

Saylovchilar bilan uchrashuv

Xalq bilan muloqot – muammolar yechimining muhim omili

✅15-Gulbog‘ saylov okrugidan saylangan tuman Kengashi deputati Xalmatov Isoqul Amandavlatovich tomonidan Gulbog‘ MFYda saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuv o‘tkazildi.

💠 Uchrashuv davomida mahalladagi dolzarb masalalar, aholini qiynayotgan muammolar, hududni obodonlashtirish, infratuzilmani yanada yaxshilash hamda fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va hal etish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

💠 Shuningdek, fuqarolar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar tinglanib, ularni bosqichma-bosqich bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi. Deputat tomonidan aholi bilan ochiq va samimiy muloqot olib borish, mavjud muammolarni joyiga chiqib o‘rganish hamda amaliy yordam ko‘rsatish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

💠 Bunday uchrashuvlar fuqarolar va deputatlar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, hududlarda mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlash hamda ularning samarali yechimini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

🤝 Xalq manfaatlari yo‘lida olib borilayotgan ochiq muloqot va amaliy ishlar hududlar rivoji hamda aholi farovonligini ta’minlashga xizmat qiladi.