Barcha yangiliklar
Fuqaro murojaati o‘rganilib, huquqiy tushuntirishlar berildi
Gallery image 157863
Gallery image 157864
AKBAROVA NARGIZAXON QAXXOROVNA
09 Iyun 2026
18:42

Fuqaro murojaati o‘rganilib, huquqiy tushuntirishlar berildi

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati M.Mirzayev tomonidan Bobur mahalla fuqarolar yig‘inining Mustaqillik ko‘chasida yashovchi fuqaro Y.Xolbekovning murojaati o‘rganildi.

Murojaat davomida fuqaro o‘zini qiziqtirayotgan kadastr masalalari yuzasidan muammolarini bayon qildi. Deputat tomonidan murojaat mazmuni atroflicha tinglanib, amaldagi qonunchilik talablari asosida tegishli huquqiy maslahat va tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, murojaatda ko‘tarilgan masalani ijobiy hal etish imkoniyatlarini o‘rganish hamda tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda zarur choralar ko‘rish maqsadida ushbu murojaat deputat nazoratiga olindi.