Barcha yangiliklar
Marg‘ilon shahrining Zuhro mahallasida aholi turmush farovonligini oshirish, hududning zamonaviy qiyofasini shakllantirish hamda yashash sharoitlarini yanada yaxshilashga qaratilgan bunyodkorlik ishlari jadal sur’atlarda olib borilmoqda. Mahallada “Obod mahalla – obod ko‘cha – obod xonadon” tamoyili asosida amalga oshirilayotgan qurilish va obodonlashtirish tadbirlari hududning ko‘rkiga ko‘rk qo‘shmoqda.
Gallery image 157853
Gallery image 157854
Gallery image 157855
Gallery image 157856
Gallery image 157857
AKBAROVA NARGIZAXON QAXXOROVNA
09 Iyun 2026
18:40

Marg‘ilon shahrining Zuhro mahallasida aholi turmush farovonligini oshirish, hududning zamonaviy qiyofasini shakllantirish hamda yashash sharoitlarini yanada yaxshilashga qaratilgan bunyodkorlik ishlari jadal sur’atlarda olib borilmoqda. Mahallada “Obod mahalla – obod ko‘cha – obod xonadon” tamoyili asosida amalga oshirilayotgan qurilish va obodonlashtirish tadbirlari hududning ko‘rkiga ko‘rk qo‘shmoqda.

Ayni kunlarda mahalla hududidagi ekinzorlarga ariq suvi yetkazib berish tizimini yaxshilash maqsadida sug‘orish quvurlarini yotqizish ishlari olib borilmoqda. Mazkur loyiha nafaqat ekin maydonlarini suv bilan uzluksiz ta’minlash, balki suv resurslaridan samarali foydalanish imkonini ham yaratadi.

Olib borilayotgan ishlar xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati, Agrar suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi oʻrinbosari M.Abdurahmonova hamda Obodonlashtirish boshqarmasi qoshidagi Muroblar bo‘limi bosh mutaxassisi A.Qodirov tomonidan joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

Mutasaddilar qurilish va montaj ishlari sifatiga hamda aholi manfaatlarini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratdilar.

Ta’kidlash joizki, mahallalarda amalga oshirilayotgan bunday bunyodkorlik ishlari aholi uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratish boʻyicha muhim ahamiyat kasb etmoqda. Zuhro mahallasida olib borilayotgan ishlar ham Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining amaliy ifodasi sifatida e’tiborga molikdir.