Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi
Gallery image 157803
Gallery image 157804
Gallery image 157805
Gallery image 157806
SUVANKULOV SHOXZAMON SHUXRAT O‘G‘LI
09 Iyun 2026
18:18

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Kotibiyat ish rejasida belgilangan “Suv ta’minoti va infratuzilma ishlari: aholining ichimlik suvi bilan ta’minlanishini yaxshilash bo‘yicha yig‘ilishlar o‘tkazish va joylarda o‘rganishlar olib borish” vazifasi doirasida fuqarolar murojaatlari hamda deputat so‘rovlari ijrosi nazoratga olingan.

Jumladan, tuman deputati S.Kuldashovga “Markaz” mahallasi aholisi tomonidan ichimlik suvi ta’minoti bilan bog‘liq murojaatlar kelib tushgan edi. Mazkur murojaatlar va deputat so‘rovi ijrosini ta’minlash maqsadida bugun Sirdaryo “Suvta’minot” AJ Boyovut tumani bo‘limi xodimlari tomonidan “Markaz” mahallasining “Sayqal” ko‘chasida joylashgan ichimlik suv nasosini ta’mirlash va qayta o‘rnatish ishlari olib borilmoqda.