Barcha yangiliklar
#24_ta_masala  #DEPUTATLIK_NAZORATI
Gallery image 157781
Gallery image 157782
Gallery image 157783
Gallery image 157784
Gallery image 157785
Gallery image 157786
Gallery image 157787
Gallery image 157788
Gallery image 157789
Gallery image 157790
Gallery image 157791
RAZIQOV ILXOM MAMASAITOVICH
09 Iyun 2026
18:07

#24_ta_masala #DEPUTATLIK_NAZORATI

Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi deputati A.Oripov tashabbusi bilan “Xidirsho” MFYdagi 12-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildi. 

Tadbirda Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Yu.Qurbaniyazov, O‘zXDP tuman kengashi raisi O.Avazov
hamda kotibiyat bosh mutaxassislari ishtirok etdi.
 

Nazorat-tahlil jarayonida muassasaning obodonlashtirish ishlari, moddiy-texnik ta’minoti, tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ta’lim-tarbiya jarayonining sifati hamda infratuzilma holati atroflicha o‘rganildi. 

Shuningdek, bolalar uchun xavfsiz va qulay muhit yaratish, ta’lim sifatini yanada oshirish hamda pedagog xodimlarni qo‘llab-quvvatlash borasida olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi. 

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, muassasa faoliyati samaradorligini oshirish va maktabgacha ta’lim xizmatlari sifatini yanada takomillashtirish yuzasidan tegishli tavsiya hamda takliflar bildirildi.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

🕊Telegram 💬Facebook 🌐E-kengash 📸Instagram ▶️YouTube🌐oltinsoy.uz