Barcha yangiliklar
📍 Obod mahalla — farovon hayot garovi
Gallery image 157737
Gallery image 157738
Gallery image 157739
UTEGENOV ABDURAXIM KODIRALIYEVICH
04 Iyun 2026
00:00

📍 Obod mahalla — farovon hayot garovi

Xalq deputatlari Bekobod tuman Kengashi deputati, O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan X. Jumaboyev “Qo‘rg‘on” mahallasida bo‘lib, hududdagi obodonlashtirish ishlari yuzasidan nazorat tadbirlarini amalga oshirdi.

Tashrif davomida mahalla ichki yo‘llarining holati, aholi xonadonlari atroflarida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini tashkil etish, shuningdek, maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqib ketish masalalari o‘rganildi.

Deputat tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarning sifati va samaradorligiga baho berilib, hududni yanada ozoda, obod va yashash uchun qulay maskanga aylantirish bo‘yicha tegishli tavsiya hamda takliflar bildirildi.

✅ Toza va obod mahalla — har bir fuqaroning farovon hayoti va sog‘lom turmush tarzining muhim omilidir.