Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashi
Gallery image 157649
Gallery image 157650
Gallery image 157651
KENJAYEV UMIDJAN YULDASHEVICH
09 Iyun 2026
17:36

Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashi

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi deputati K.Xakimova tomonidan Ko‘rkam diyor MFY yettiligi bilan uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv davomida mahallada mavjud muammolar, aholini qiynayotgan masalalar hamda ularni bartaraf etish yuzasidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar muhokama qilindi. Shuningdek, hududni obodonlashtirish, infratuzilmani yanada yaxshilash, fuqarolarning murojaatlarini o‘z vaqtida hal etish va mahalla faollari bilan hamkorlikni kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Muloqot jarayonida mahalla yettiligi tomonidan bildirilgan taklif va mulohazalar tinglanib, mavjud muammolarni bosqichma-bosqich hal etish yuzasidan tegishli vazifalar belgilab olindi. Uchrashuv ochiq va samimiy ruhda o‘tdi.